» » O‘zbekistonda bepul Lada avtomobili haqidagi eski feyk ommalashib ketdi

O‘zbekistonda bepul Lada avtomobili haqidagi eski feyk ommalashib ketdi


Facebook’da Lada rusumidagi avtomobil o‘ynalayotgani haqidagi 2016-yilgi post yana ommalasha boshladi, deb yozadi Spot.

Bir kecha-kunduzdan kamroq vaqt ichida unga 10 mingta yangi izoh qoldirishdi, yana shuncha marta u bilan bo‘lishishdi.

Matnda aytilishicha, Lada Vesta avtomobilining yangi modeli o‘ynalmoqda. Xususan, sahifa ma’muriyati O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan salondagi yangi modelni hadya etishi aytiladi.

Tanlovda qatnashish uchun postga “layk” bosish, sahifaga obuna bo‘lish, post bilan bo‘lishish va “qora” yoki “kumushrang” deya izoh qoldirish kerak.

Ushbu post eski “feyk” bo‘lib, birinchi marta u 2016-yilda paydo bo‘lgan, o‘shanda avtomobil mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan sovg‘a qilinishi aytilgan edi.

O‘zbekistondagi Lada kompaniyasi rasmiy sahifasida ushbu aksiyaga hech qanday aloqasi yo‘qligini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют