» » Zulfiya Abdurahmonova 2-Respublika klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi

Zulfiya Abdurahmonova 2-Respublika klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi


Zulfiya Abdurahmonova 2-Respublika klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Unga davolash ishlarida tibbiyotning zamonaviy va samarali texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan, kordiologiya, nevrologiya, terapiya kabi qator yo‘nalishlarni takomillashtirish strategiyasini ishlab chiqish, tibbiy radiologiya yo‘nalishida ilmiy ishlarni rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash, soha vakillarining xalqaro klinikalarda malaka oshirishlari, chet el mutaxassislarining klinikada mahorat darslarini tashkil etish kabi vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, amaliy natijalar bilan odamlar ishonchini qozonish, ularning dardiga malham bo‘lish kabi ustuvor yo‘nalishlar ham belgilab berildi.

Z.Abdurahmonov bunga qadar mazkur klinik shifoxonaning davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari, shu bilan birga, bosh vrach vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют