» » O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish o‘zbek-hind markazlari ochiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish o‘zbek-hind markazlari ochiladi


O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda o‘zbek va hind tadbirkorlari uchrashuvi tashkil etildi. Bu haqda palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Hindistonning Dehli shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov videokonferensiya orqali qatnashdi. Shuningdek, Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi ishtirokchilarga joriy yilning 6—7- avgust kunlari Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Hindistonning vazirlik, tashkilotlar va yirik korxonalari bilan uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha axborot berdi.

Xususan, 6-avgust kuni Dehli 150 dan ortiq Hindiston korxonalari ishtirokida 3 ta biznes-forum bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Hindiston sanoat konfederatsiyasi, Hindiston savdo-sanoat palatalari federatsiyasi, Hindiston kichik va o‘rta biznes Assotsiatsiyasi va tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlari o‘tkazildi.

Yuqorida qayd etilgan uchrashuvlar doirasida tomonlar joriy yilning 16—18-avgust kunlari O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va uning doirasida tashkil qilinuvchi o‘zbek-hind biznes forumi masalalarini muhokama qildi.

Videokonferensiyada ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining savdo-sotiq, farmatsevtika, to‘qimachilik, tibbiyot, turizm, logistika kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalari tinglandi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan har bir taklif hind hamkor tashkilotlarini jalb etgan holda qo‘shimcha ravishda o‘rganib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha ma’lumotlar Qo‘shma savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaga ko‘rib chiqish uchun yuborilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, hozirda Hindiston tadbirkorlikni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida va respublika hududlarida “Tadbirkorlikni rivojlantirish o‘zbek-hind markazlari”ni tashkil etish ustida ish olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют