» » 8-avgustdagi test sinovlari natijalari: davlat grantiga o‘tishning o‘rtacha bali — 99, to‘lov-kontraktniki esa — 78,9

8-avgustdagi test sinovlari natijalari: davlat grantiga o‘tishning o‘rtacha bali — 99, to‘lov-kontraktniki esa — 78,9


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 8-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlari yakunlari haqida axborot berdi. U bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

8-avgust kuni test sinovlari 57 ta binoda 17 ta oliy ta’lim muassasalarining 68 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan. Unda 58 063 nafar abituriyent ishtirok etgan, 1 452 nafar abituriyent imtihonlarga kelmagan. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 90 nafar abituriyent chetlatilgan.

8-avgust kungi test sinovlarida davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali Urganch davlat universitetining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo‘nalishida (184,6 ball), to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali esa Farg‘ona davlat universitetining “Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishida (138,3 ball) qayd etildi.

“O‘rtacha o‘tish bali: davlat granti – 99,0 ball;to‘lov-kontrakt – 78,9 ball”, — deb yozadi Aziz Abduhakimov. 8-avgustda o‘tkazilgan test sinovlari natijalarini 9-avgust kuni soat 18:30 dan boshlab DTM saytining http://www.dtm.uz/page/test_result sahifasida tekshirish mumkin bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 19:42)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют