» » Rossiya soqchi kemasi jangovar sharoitlarda Amerika atom suvosti kemasini qidirib topdi

Rossiya soqchi kemasi jangovar sharoitlarda Amerika atom suvosti kemasini qidirib topdi


Rossiyaning “Admiral Essen” soqchi kemasi O‘rtayer dengizida “Ogayo” sinfidagi Amerika suvosti kemasini izma-iz qidirib topdi, deb yozadi “Izvestiya”.

Hodisa bahorgi xizmat chog‘ida, Suriyadagi nizolar kuchaygan bir paytda yuz bergan, ammo bu haqda endi ma’lum bo‘ldi. Submarinani ikki soatdan ortiq ta’qib qilish chog‘ida soqchi harbiy kema akustik portretni olib, shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv vazifasini bajarishga muvaffaq bo‘lgan.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, bunday uzoq vaqt davomida hamrohlik qilish a’lo natija hisoblanadi. Kemaning raketali yoki torpedali kemaga qarshi qurol-yarog‘larini otishga tayyorlash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar juda yaxshi hisoblanadi. Zamonaviy tizimlar uchun saf qilish vaqti bir necha daqiqaga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют