» » Qozog‘istonda 88 ta xorijiy telekanal o‘z ishini to‘xtatdi

Qozog‘istonda 88 ta xorijiy telekanal o‘z ishini to‘xtatdi


Qozog‘istonda xorijiy telekanallar 28 foizining hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnomasi chaqirib olindi. Bu haqda respublika Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi saytida ma’lum qilindi, deb yozadi Spot.

Bu telekanallarning mamlakat yangi qonunchiligiga muvofiq emasligiga bog‘liq. 2017-yilda Qozog‘istonda barcha xorijiy telekanallar va radiostansiyalarga olti oy davomida respublika hududida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish yoki filialni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiyatini yuklovchi qonun qabul qilingan edi.

Qonun 9-yanvar kuni kuchga kirdi, 9-iyul kuni esa xorijiy OAVlariga Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan muddat yakunlandi.

Natijada hisobga olingan 307 ta kanaldan 219 tasi Qozog‘istonda o‘z vakolatxonasini ochdi, 88 tasi ochmadi. Shu munosabat bilan ularning retranslyatsiyasi to‘xtatildi.

Eshittirishi to‘xtatilgan telekanallar orasida: “NTV-Plyus 3D”, “Dojd”, Russia Today TV, Sky News, Fox News Channel, Bloomberg Television, France 24, CNBC va boshqalar bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют