» » O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan zamonaviy tizimlar joriy qilinadi

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan zamonaviy tizimlar joriy qilinadi


O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ATLAS International AG hamda Jenoptik Robot GmbH kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda vazirlik.

Uchrashuvda O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy tizimlarni joriy qilishga yo‘naltiriluvchi investitsion loyihani amalga oshirish muhokama qilingan.

Jumladan, ATLAS International AG kompaniyasi vakili Artur Konrad O‘zbekiston tomonini xalqaro standartlar asosida yo‘l harakati qoidalarini avtomatik qayd etuvchi foto- hamda videofiksatsiya tizimlarini ishlab chiqarish va tatbiq etish bo‘yicha ma’lumot bergan.

Xususan, kompaniyalar “Xavfsiz shahar” dasturiy kompleksi doirasida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlarini yaratishga sarmoya kiritishga roziligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют