» » Jamshid Kenjayevning o‘limida ayblanib Aurum 898 tungi klubining 4 qo‘riqchisi qamoqqa olindi

Jamshid Kenjayevning o‘limida ayblanib Aurum 898 tungi klubining 4 qo‘riqchisi qamoqqa olindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan Toshkentdagi “Aurum898” tungi klubining to‘rt qo‘riqchisiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 8-avgust kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumanidagi Aurum tungi klubi kirish eshigi oldida erkin kurashchi Jamshid Kenjayev va tungi klub qo‘riqchilari o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Kenjayevning pichoq bilan muassasaga kirishiga qo‘riqchilar yo‘l qo‘ymagan. Shundan so‘ng Kenjayev ikki qo‘riqchi Sherali Ilyasov va Abdurasul Mirzayevga pichoq bilan sanchib kesilgan tan jarohatlari yetkazgan. Janjal davomida voqea joyida bo‘lgan Aurum tungi klubida qo‘riqlovchi yordamchi Shodali Qilichov Jamshid Kenjayevning qo‘lidan oshxona pichog‘ini tortib olib, unga sanchib kesilgan tan jarohatlari yetkazgan. Shuningdek, Kenjayevga qo‘riqchilar J.Yorqulov, S.Komoliddinov, A.Xamrayev va klub yonidagi boshqa bir nechta shaxslar ham qo‘llari, oyoqlari va yog‘och dastalari (bitalar) bilan urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Jamshid Kenjayev “ko‘krak qafasi o‘ng tomon qo‘ltiq osti sohasi 4-qovurg‘asi, qorin oldi yon devori, ikkala dumbasi, bosh tepa sohasiga sanchilib kesilgan jarohatlari, tashqi qon ketishi, gemorragik shok 3-daraja” tashxisi bilan tumandagi 7-sonli shifoxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan 9-avgust kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Shodali Qilichovga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida Sh.Qilichov JKning 97-moddasi 1-qismi, S.Komoliddinov, J.Yorqulov va A.Xamrayevlar JKning 277-moddasi 2-qismi “v” bandida (sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab bezorilik sodir etish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Ularga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют