» » Chili sobiq prezidenti BMT oliy komissari etib tayinlandi

Chili sobiq prezidenti BMT oliy komissari etib tayinlandi


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi Chili sobiq prezidenti Mishel Bacheletni BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari etib tayinladi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Bachelet keyingi 4 yil davomida oliy komissar vazifasini bajaradi. G‘arb ommaviy axborot vositalari qaror konsensus asosida qabul qilingani haqida xabar qilmoqda.

Ayni paytda ushbu lavozimni egallab turgan Zayd Ra’d al-Husayn oy oxiriga qadar vazifalarini bajaradi. “Men Mishel Bacheletning bu lavozimga tayinlanganidan xursandman”, – deya o‘z fikrini bildirgan al-Husayn .

Mishel Bachelet 2 marta (2006–2010-yillar va 2014–2018-yillar) Chili prezidentligiga saylangan. 2010-yili “BMT–ayollar” tizimiga rahbarlik qilgan.

Bachelet BMTdagi lavozim ta’sis etilganidan (1993-yil) buyon tayinlangan yettinchi komissar bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют