» » AQSh va Chili prezidentlari Venesueladagi siyosiy tanglikdan tashvish bildirdi

AQSh va Chili prezidentlari Venesueladagi siyosiy tanglikdan tashvish bildirdi


AQSh va Chili prezidentlari Donald Tramp hamda Mishel Bachelet 19-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot davomida, jumladan, Venesueladagi ichki siyosiy tanglikni ham muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Oq uy matbuot xizmatiga ko‘ra, Tramp va Bachelet avvalo AQSh hamda Chilining ikki tomonlama munosabatlari, xususan, savdo sohasi va xavfsizlik masalalari borasidagi hamkorlikni muhokama qildi. 

Shuningdek, AQSh yetakchisi Venesueladagi vaziyatdan tashvish bildirdi. Davlat rahbarlarining “demokratik tamoyillar G‘arbda ilgari surilishi muhimligi” haqidagi fikrlari bir joydan chiqdi. 

Tramp Venesueladagi vaziyatni 18-mart, shanba kuni Braziliya prezidenti Mishel Temer bilan ham muhokama qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Venesuela rasmiylari AQSh prezidenti Donald Trampning mamlakat ichki ishlariga aralashishini qoralagan va Oq uy ko‘rsatmalariga ergashish niyatida emasligini bildirgandi. 

Опубликовано: admin (20-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют