» » “Lokomotiv” autsayder “Neftchi”ni yuta olmadi, “Bunyodkor” Qarshida “Nasaf”ni tor-mor keltirdi

“Lokomotiv” autsayder “Neftchi”ni yuta olmadi, “Bunyodkor” Qarshida “Nasaf”ni tor-mor keltirdi


Bugun, 11-avgust sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 21-turi boshlandi.

Turning dastlabki o‘yini Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda Olmaliqning AGMK jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:3 hisobida olmaliqliklar foydasiga hal bo‘ldi. AGMK safida Zohir Pirimov, Muzaffar Muzaffarov va Jasur Hasanov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, jizzaxliklarning yagona goli 77-daqiqada penaltidan Nikola Milinkovich tomonidan kiritildi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri Qarshida “Nasaf” va Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechdi. Bellashuvda 1:4 hisobida Mirjalol Qosimov shogirdlarining qo‘li baland keldi. “Bunyodkor” safida Shahzodbek Nurmatov dublga erishgan bo‘lsa, Dilshod Jo‘rayev va Javlon Ibrohimov ham qarshiliklar darvozasini bir martadan ishg‘ol etdi. “Nasaf”ning javob goliga ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Bobur Davlatov mualliflik qildi.

Kunning so‘nggi o‘yini esa Toshkentda kechadi. “Lokomotiv” musobaqa autsayderi “Neftchi”ni qabul qildi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. “Loko” 4-daqiqada Temurxo‘ja Abduholiqovning goli sabab hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, 89-daqiqada farg‘onaliklar Bobur Yo‘ldoshevning goli sabab, peshqadamdan ochko tortib olishning uddasidan chiqdi.

Pepsi Superliga

21-tur bellashuvlari

11-avgust, shanba

Gollar: 0:1—30 Zohir Pirimov, 0:2—51 Muzaffar Muzaffarov, 0:3—65 Jasur Hasanov, 1:3—77, penalti Nikola Milinkovich.

Gollar: 0:1—28 Shahzod Nurmatov, 0:2—Dilshod Jo‘rayev, 0:3—81 Shahzod Nurmatov, 0:4—85 Javlon Ibrohimov, 1:4 — 90+2 Bobur Davlatov.

Chetlatish: Maqsud Karimov 60.

Gollar: 1:0—4 Temurxo‘ja Abduholiqov, 1:1—89 Bobur Yo‘ldoshev.

12-avgust, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют