» » Toshkentda Deutsche Welle akademiyasi taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda Deutsche Welle akademiyasi taqdimoti o‘tkazildi


“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Xalqaro press-klub bilan hamkorlikda Deutsche Welle akademiyasi vakillari ishtirokida “Zamonaviy jurnalistika uchun kadrlar tayyorlash: Deutsche Welle akademiyasi tajribasi“ mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Xalqaro press-klub rahbari, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sh.Qudratxo‘jayev, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori o‘rinbosari B.Bekmurodov, Deutche Welle akademiyasi koordinatori L. Ranert va akademiya mas’ul xodimi V.Rudnik so‘zga chiqib, O‘zbekistonda davlat idoralarining oshkoralik va shaffoflik tamoyillari bo‘yicha oldinga qo‘ygan qadamlari, zamonaviy jurnalistika yutuqlari hamda soha vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishning muhimligini ta’kidladi.

Xususan, O‘zbekistonda yetuk jurnalistlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, mediatuzilmalar uchun keng imkoniyatlar yaratilib, zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida Deutsche Welle mediatuzilmasi bugungi kunga qadar bosib o‘tgan faoliyat yo‘li taqdimoti o‘tkazildi. Shuningdek, akademiya faoliyati, xorijiy mutaxassislar uchun taqdim etiladigan o‘quv kurslari va dastur haqida axborot berildi.

Ma’lumot uchun, Deutsche Welle (“Nemis to‘lqini”) teleradiokompaniyasi Germaniyaning xorijiy tinglovchilar va tomoshabinlarga mo‘ljallangan yirik mediatuzilmasi bo‘lib, 60 mamlakatda 3 mingga yaqin xodimi faoliyat olib boradi. Teleradiokompaniya auditoriyasi qariyb 150 million kishini tashkil etadi.

2004-yilda kompaniyaning radio va telejurnalistlar malakasini oshirish markazi bazasida akademiya tashkil etilgan. Ushbu akademiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri zamonaviy OAVni rivojlantirish, xususan, xalqaro standartlarga mos jurnalist kadrlarni tayyorlashdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют