» » “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


“O‘zbekiston va Xitoy: ‘Bir makon, bir yo‘l’ tashabbusini hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Xitoy delegatsiyasi “Taraqqiyot strategiyasi” markazida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA  xabar bermoqda.

Uchrashuvda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyati, uning ish yuritish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Yuy Sinxue yangicha va zamonaviy ruhda tashkil etilgan markaz faoliyatini yuqori baholadi. Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi va markaz o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, xususan, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir doirasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют