» » 11-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Grantga o‘tishning eng yuqori bali Urganchda, kontraktniki esa Farg‘onada

11-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Grantga o‘tishning eng yuqori bali Urganchda, kontraktniki esa Farg‘onada


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 11-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlari natijalari haqida axborot berdi.

Ma’lum qilishlaricha, 11-avgustdagi test sinovlari 36 ta binoda 18 ta oliy ta’lim muassasalarining 76 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan, unda 24 247 nafar abituriyent ishtirok etgan. Turli sabablari 718 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan, tartib qoidalarini buzganligi sababli 40 nafar abituriyent sinovlardan chetlatilgan.

11-avgust kuni davlat grantiga o‘tish bo‘yicha eng yuqori ball Urganch davlat universitetining “Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili” ta’lim yo‘nalishida qayd etildi — 164 ball. To‘lov-kontraktga o‘tish bo‘yicha eng baland ball (135,6 ball) Farg‘ona davlat universitetining “Ijtimoiy ish” ta’lim yo‘nalishida kuzatildi.

Shunday qilib, test sinovlarining 11 kunida o‘rtacha o‘tish bali davlat granti uchun 109,4 ballni, to‘lov-kontrakt uchun esa 80,3 ballni tashkil etgan. 11-avgustdagi test natijalarini 12-avgust kuni soat 16:30 dan boshlab DTM saytida tekshirish mumkin bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют