» » “Barselona” hisobda ortda borib “Sevilya”ni mag‘lub etdi va Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi (video)

“Barselona” hisobda ortda borib “Sevilya”ni mag‘lub etdi va Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi (video)


Kecha, 12-avgust sanasida Ispaniya Superkubogi uchun bahs bo‘lib o‘tdi.

Unda Kataloniyaning “Barselona” hamda Andalusiyaning “Sevilya” jamoalari kurash olib bordi.

Uchrashuvda hisob 9-daqiqada andalusiyaliklar a’zosi Pablo Sarabiya tomonidan ochildi. 42-daqiqada Jerar Pike hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning 78-daqiqasida Usmon Dembele gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa “Barselona” o‘z tarixida 13-marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoaning azaliy raqibi “Real Madrid” esa hozirgacha 10 marta Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Ispaniya Superkubogi

12-avgust, yakshanba

Gollar: 1:0 – 9 Sarabiya, 1:1 – 42 Pike, 1:2 – 78 Dembele.

“Sevilya”: Vaslik, Kyer, Gomes, Merkado (Ben-Yedder, 85), Eskudero, Banega, Mesa, Sarabiya (Aleish Vidal, 71), Navas, Vaskes, Muriel (Andre Silva, 60).

“Barselona”: ter Stegen, Pike, Nelson Semedu, Alba, Langle, Buskets, Rafinya (Rakitich, 46), Artur (Koutinyo, 53), Dembele (Vidal, 86), Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Buskets (16), Vaskes (24), Mesa (69), ter Stegen (90), Langle (90), Aleish Vidal (90).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют