» » Bosh vazir Abdulla Aripov: Hasharni majburiy mehnatga tenglashtirmaslik kerak

Bosh vazir Abdulla Aripov: Hasharni majburiy mehnatga tenglashtirmaslik kerak


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 14-avgust kuni kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hasharni majburiy mehnatga tenglashtirmaslik kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

18?19 avgust kunlari mamlakatda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi e’lon qilingan. Bosh vazirga ko‘ra, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar, ayniqsa yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishdan iborat.

“Ular shaharni tozalash bilan shug‘ullansin, demoqchi emasman. Yevropada yosh bolalar kichkinaligidan ifloslantirmaslik kerakligi, tabiatni asrash lozimligini anglab yetishi uchun chiqariladi. Fuqarolarimizni ham shunday g‘oyalar bilan hasharga jalb qilish kerak”, — dedi bosh vazir.

U hashar o‘tkazilayotgan joylar tasvirini e’lon qilib, buni majburiy mehnatga tenglashtiruvchi “muxolif nashrlar”ni tanqid ostiga oldi.

Hukumat rahbari mehnat tarbiyasining ahamiyati to‘g‘risida so‘zlar ekan, “Aurum 898” tungi klubidagi muassasa qo‘riqchilari bilan janjalda sportchining o‘limi bilan yakunlangan hodisani esga olib o‘tdi.

“Barchamiz internetda bir necha kun avval nima sodir bo‘lganini ko‘rdik. Amerika filmlari bunday hodisalarning oldida hech narsa emas. Yoshlar tarbiyasi yomonlashishda davom etmoqda”, — dedi u.

“Bizning vaqtimizda mehnat darslari o‘tilgan, kattalar bolalarni nazorat qilgan. Hozir hech qanday namuna yo‘qligidan bolalar tarbiyasi buzilib borayapti”, — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir.

U Yoshlar ittifoqiga ekologik fleshmob tashkil etishni taklif qildi. “Ularga bir xil futbolkalarni kiydirib, majburlash kerak emas. Ularni ishontirish kerak. Hozir o‘smirlar televizor ko‘rmaydi, hamma ma’lumotlarni internetdan oladi. Sizlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tashviqot o‘tkazishingiz kerak”.

Hukumat rahbari Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika kengashi boshqaruvi raisi Shavkat Javlonovga murojaat qilib, avvallari mahalla raislari uylarga kirib borib, aholini hasharga chaqirganini esga oldi. “Hozir bunaqasi yo‘q”, — dedi u.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga yuzlanar ekan, bosh vazir hasharchilar xavfsizligi to‘liq ta’minlanishi lozimligini ta’kidladi.

“Agar zarur bo‘lsa ko‘chalarni mashinalar yoki betonlar bilan to‘sing. Hozir terakt uchun bombalar shart emas. Terroristlar katta yuk mashinalaridan odamlarni bosish uchun foydalanishi mumkin. Biz buni dunyoning ko‘pgina mamlakatlari misolida ko‘rdik”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют