» » IIBB Toshkentdagi “maski-shou” yuzasidan izoh berdi (video)

IIBB Toshkentdagi “maski-shou” yuzasidan izoh berdi (video)


Internetda ichki ishlar organlari xodimlari Toshkentdagi kafelardan birida “maski-shou” uyushtirgani aks etgan video tarqaldi, deb yozadi Repost.

Toshkent shahar IIBB hodisaga izoh berib, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan kuch ishlatishga majbur bo‘lingan alohida vaziyat bo‘lganini ma’lum qildi. “Hodisani rejalashtirilgan reyd deb atab bo‘lmaydi”, — deyishdi IIBBda.

Tungi vaqtda Toshkentdagi kafelardan biridan baland musiqa yangragan, yaqin orada yashaydigan fuqarolar uchastka noziriga murojaat qilgan.

Uchastka nozirlari voqea joyini ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lganida, qo‘riqchilar ularni ichkariga kiritmagan. Keyinroq yetib kelgan milliy gvardiya xodimlarini ham kiritishmagan.

Oxir-oqibat ichki ishlar xodimlari tezkor javob qaytarish otryadiga murojaat qilgan, ular tezkorlik bilan voqea joyiga kelib, tekshiruv o‘tkazgan.

Kafe tungi klub bo‘lmagan va belgilangan vaqtdan keyin ishlagan. Ustiga-ustak u yerdan baland musiqa eshitilgan. Kafe xo‘randalari mast holatda bo‘lgan va aysh-ishrat uyushtirishga uringan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют