» » “Atletiko” qo‘shimcha bo‘limlarda “Real”ni mag‘lub etib, UEFA Superkubogi sohibiga aylandi (video)

“Atletiko” qo‘shimcha bo‘limlarda “Real”ni mag‘lub etib, UEFA Superkubogi sohibiga aylandi (video)


Hozirgina UEFA Superkubogi uchun Madridning ikki jamoasi — “Real” hamda “Atletiko” kurash olib borgan bahs yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisob 1-daqiqadayoq ochildi. Gol muallifi Diyego Kosta. 27-daqiqaga kelib, Karim Benzema hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Serxio Ramos “matraschilar” darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada esa yana o‘sha Diyego Kosta gol urib, muvozanatni tikladi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakun topdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarning birinchisida “Atletiko” Saul hamda Kokening gollari sabab, UEFA Superkubogi sohibiga aylandi.

UEFA Superkubogi

15-avgust, chorshanba

Gollar: 0:1 – 1 Diyego Kosta, 1:1 – 27 Benzema, 2:1 – 63, penalti Ramos, 2:2 – 79 Diyego Kosta, 2:3 – 98 Saul, 2:4 – 104 Koke.

“Real Madrid”: Navas, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Kroos (Mayoral, 102), Isko (Vaskes, 83), Asensio (Modrich, 57), Kazemiro (Sebalyos, 76), Beyl, Benzema.

“Atletiko”: Oblak, Godin, Savich, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Koke, Lemar (Parti, 90), Rodri (Vitolo, 71), Saul, Diyego Kosta (Ximenes, 109), Grizmann (Korrea, 57).

Ogohlantirishlar: Asensio (35), Marselo (54), Korrea (60), Diyego Kosta (62), Sebalyos (90), Modrich (101), Vitolo (105), Ramos (112).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 02:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют