» » “Real” “Milan”ni mag‘lub etdi va Santyago Bernabeu kubogi sohibi bo‘ldi (video)

“Real” “Milan”ni mag‘lub etdi va Santyago Bernabeu kubogi sohibi bo‘ldi (video)


Kecha, 11-avgust oqshomida “Real Madrid” hamda “Milan” jamoalari Santyago Bernabeu kubogi uchun maydonda kurash olib bordi.

Bellashuvda hisob 4-daqiqada Karim Benzema tomonidan ochildi, oradan 2 daqiqa o‘tib Gonsalo Iguain sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. 45-daqiqada Garet Beyl “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Borxa Mayoral boshi bilan gol urib, jamoasining g‘alabasini mustahkamladi.

“Real” shu tariqa 1979-yildan boshlab o‘tkazilib kelinadigan bahsda kubokni o‘ziniki qildi.

Santyago Bernabeu kubogi

11-avgust, shanba

Gollar: 1:0 – 2 Benzema, 1:1 – 4 Iguain, 2:1 – 45 Beyl, 3:1 – 90 Mayoral.

“Real Madrid”: Navas (Lunin, 78), Varan (Regilon, 60), Marselo (Nacho, 46), Karvaxal (Serxio Lopes, 77), Ramos (Valverde, 77), Isko (Modrich, 76), Kroos (Lorente, 60), Asensio (Vinisius Junior, 77), Kazemiro (Sebalos, 46), Beyl (Vaskes, 77), Benzema (Mayoral, 77).

“Milan”: Donnarumma, Musakkyo (Bellanova, 83), Rodriges (Kaldara, 56), Kalabriya (Simich, 82), Romanoli, Bonaventura (Chalxanoglu, 56), Bigliya (Mauri, 65), Suso, Kessie, Borini (Kutrone, 46), Iguain (Bakka, 65).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют