» » Skarlett Yoxansson 40,5 mln dollar daromad bilan 2018-yilning eng ko‘p maosh olgan aktrisasi bo‘ldi

Skarlett Yoxansson 40,5 mln dollar daromad bilan 2018-yilning eng ko‘p maosh olgan aktrisasi bo‘ldi


Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson Forbes jurnali tomonidan tuzilgan 2018-yilning eng ko‘p daromad olgan aktrisalari reytingida yetakchilik qildi.

12 oy ichida 33 yoshli aktrisa 40,5 million dollar ishlab topgan. Uning daromadlari 2019-yilda ekranlarga chiqadigan “Qasoskorlar 4” filmidagi ishtirokidan so‘ng to‘rt barobar oshgan.

Ikkinchi o‘rinni 2020-yilda premyera qilinadigan “Malifisenta 2” filmidagi roli uchun 28 million dollar ishlab topgan Anjelina Joli egalladi. Yetakchilar uchligiga Jennifer Eniston 19,5 million dollar daromad bilan yakun yasadi.

Reytingning yuqori o‘nligiga Jennifer Lourens, Riz Uizerspun, Keyt Blanshett, Gal Gadot, Juliya Roberts, Mila Kunis va Melissa Makkartni ham kirdi. Umumiy hisobda 10 nafar eng ko‘p daromad oluvchi aktrisalar 186 million dollar (soliqlar chiqarilib tashlanishidan oldingi miqdor) ishlab olgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 16 foizga ko‘p demakdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют