» » Yevropa Ligasi. Payshanba kunlari maydonga tushishni yoqtirmaydigan futboldagi “Indiana Jons”, maydondagi aka-uka Pogbalar, qizaloqqa bag‘ishlangan xet-trik

Yevropa Ligasi. Payshanba kunlari maydonga tushishni yoqtirmaydigan futboldagi “Indiana Jons”, maydondagi aka-uka Pogbalar, qizaloqqa bag‘ishlangan xet-trik


“Manchester Yunayted” (Angliya) — “Sent-Etyen” (Fransiya) 3:0

Men Indiana Jonsga o‘xshayman. Men qayerga borgan bo‘lsam, o‘sha yerda g‘alaba qozonganman.

“Manchester Yunayted” bilan biror sovrin yutsam xursand bo‘lardim.

Zlatan Ibrahimovich

Avvalroq hujumchi payshanba kunlari o‘yin o‘tkazish unga yoqmasligini aytib o‘tgandi.

Payshanba kuni futbol o‘ynashga o‘rganmaganman. Bu kungi o‘yinlar shaxsan meni “o‘ldirmoqda”.

Zlatan Ibrahimovich

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted”ga kelgunga qadar, Yevropa ligasi doirasidagi o‘yinlarda ishtirok etmagan. U o‘zi o‘ynagan jamoalar bilan Chempionlar ligasida qatnashgan. Lekin biror marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqa olmagan.

Maydondagi Pogbalar

Har kuni ham o‘z akang bilan maydonda yuzma-yuz bo‘lavermaysan, shuning uchun ham bu holat menga juda yoqdi. Bunga aql bovar qilmaydi. Uni ko‘rganimga ishona olmayman. U kula boshladi va har lahzadan lazzat olishimiz kerakligini aytdi.

Pol Pogba

O‘yinni ko‘rish uchun stadionga tashirf buyurgan aka-ukaning onasi Yeo Pogba xonim ikki o‘g‘lini ham birday xursand qilishning antiqa yo‘lini topdi. Yeo xonim egniga ikki klubning uyg‘unlashib ketgan formasini kiygan holda o‘yinni tomosha qildi.

“Vilyarreal” (Ispaniya) — “Roma” (Italiya) 0:4

Jamoa o‘yini haqida

Yevropa ligasida ko‘plab jamoalar ishtirok etmoqda. Lekin ularning o‘yini biz uchun muhim emas.

Men uchun faqat o‘z jamomning o‘yini qiziq.

Biz yaxshi ijrochilar bilan birgalikda sifatli o‘yin ko‘rsatyapmiz.

Luchano Spaletti

Qizaloqqa bag‘ishlangan xet-trik

Xet-trikni qizimga bag‘ishlayman.

Biz juda yaxshi o‘ynadik va kuchli raqibga vaziyat yaratish uchun imkoniyat bermadik. Ammo oldinda hali yana 90 daqiqa o‘yin bor, xotirjamlikka berilish yaramaydi.

Edin Jeko

  “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-02-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют