» » O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva 71 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva 71 yoshida vafot etdi


O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva 17-avgust kuni 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dunyoga kelgandi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972).

“Saodat” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1972—75), bosh muharrir o‘rinbosari va bosh muharrir (1982—94), Yoshlar nashriyotida bo‘lim mudiri (1978—82), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi (1990—94), “Yozuvchi” nashriyotida yetakchi muharrir (1996—98), “Sanam” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari (1998—2003), 2004-yildan “XXI asr” gazetasida bo‘lim muharriri bo‘lib ishlagan.

Halima Xudoyberdiyevaning ilk she’rlari o‘quvchilik yillarida Yangiyer tumani gazetasida bosilgan (1964). Shundan keyin uning “Ilk muhabbat” (1968), “Oq olmalar” (1973), “Chaman” (1974), “Suyanch tog‘larim” (1976), “Bobo quyosh” (1977), “Issiq qor” (1979), “Sadoqat” (1983), “Muqaddas ayol” (1987), “Bu kunlarga yetganlar bor”, “Hurlik o‘ti” (1993), “To‘marisning aytgani” (1996) “Yo‘ldadirman” (2005) va boshqa she’riy kitoblari nashr etilgan.

Halima Xudoyberdiyevaning she’rlari ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. To‘fon Minnullinning “Alla” pyesasi uning tarjimasida O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida qo‘yilgandi. Fazu Aliyeva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupov ijodidan tarjimalar qilgan.

Halima Xudoyberdiyev birinchi chaqiriq Oliy Majlis deputati, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990) edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют