» » “Saodat” jurnalining bosh muharriri o‘zgardi

“Saodat” jurnalining bosh muharriri o‘zgardi


O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining “Saodat” oylik ijtimoiy-siyosiy jurnaliga Usmonova Munavvarxon Abduhakimovna bosh muharrir etib tayinlandi, deb yozadi “Xabar.uz”.

Shu paytga qadar jurnalga rahbarlik qilib kelgan Jalilova Feruza Abdusamatovna boshqa ishga o‘tganligi sababli O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib ishlab kelayotgan Usmonova Munavvarxon Abduhakimovna jurnalga rahbar etib tayinlandi.

Munavvarxon Usmonova 1965-yil 13-iyunda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini tumandagi Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonasida kadrlar bo‘limi inspektori sifatida boshlagan. Shundan so‘ng Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari, gimnaziya direktori, Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey direktori o‘rinbosari kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

Munavvarxon Usmonova “Saodat”ga begona emas — u 2008—2010-yillarda jurnalning adabiy bo‘limida muharrirlik qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют