» » Baxtiyor Inog‘omov Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i etib tayinlandi

Baxtiyor Inog‘omov Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i etib tayinlandi


Baxtiyor Inog‘omov Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i — bosh boshqarma boshlig‘ining matbuot kotibi, Irina Sayfutdinova esa Axborot multimedia markazi boshlig‘ining o‘rinbosari — bosh muharrir etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Baxtiyor Inog‘omov 1979-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 2002-yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ish faoliyati davomida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar teleradiokanali” YoAJ, “Toshkent teleradiokanali” DUKda teleboshlovchi, katta muharrir va bosh muharrir hamda “Milliy” telekanalda direktor lavozimlarida mehnat qilgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Irina Sayfutdinova 1974-yil Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 1997-yil O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Vatanparvar” gazetasida muxbir, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyatida bo‘lim mudiri lavozimlarida mehnat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot multimedia markazi O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi № 3528-son qarori asosida tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют