» » O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa Ochiq kubogida 2 ta oltin medalga ega chiqdi

O‘zbekistonlik dzyudochilar Yevropa Ochiq kubogida 2 ta oltin medalga ega chiqdi


Belarus poytaxti Minsk shahrida dzyudo bo‘yicha Yevropa Ochiq kubogi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Milliy olipmiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Behzod To‘raboyev boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan, 60 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Sharofiddin Lutfullayev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

-73 kg vazn toifasidagi Hikmatillo To‘rayev ham musobaqa davomida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yakunda oltin medal sohibiga aylandi. Ushbu g‘oliblik orqali har ikki dzyudochi ham100 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, musobaqada 40 ta davlatdan 430 nafar dzyudochi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют