» » O‘zbekistonda investitsiya jalb qilgan rahbarlar rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda investitsiya jalb qilgan rahbarlar rag‘batlantiriladi


Investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun davlat organlari hamda tashkilotlari rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etish borasidagi faoliyat uchun rahbarlarning ish samaradorligini baholash bo‘yicha har yili tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq tanlov har yili “Investitsiyalarni jalb qilganlik, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirganlik uchun”, “Yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlarini tashkil etganlik uchun”, “Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirganlik, shuningdek, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaganlik uchun” nominatsiyalarida o‘tkaziladi.

Tanlovda barcha hokimlarning investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasining raisi, investitsiyalar bo‘yicha hududiy boshqarmalarning rahbarlari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direktorlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari har yili 20-martgacha har bir nominatsiya uchun bittadan nomzod ko‘rsatishi lozim.

Tanlov g‘oliblariga har yili 1-maydan kechiktirmasdan sertifikatlar va pul mukofotlari (184 million so‘m) topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют