» » Deputat Nuriddin Zaynitdinov: O‘zbekistondagi voqealarni yoritishga ixtisoslashgan qator saytlarga kirish imkoniyati tug‘ildi

Deputat Nuriddin Zaynitdinov: O‘zbekistondagi voqealarni yoritishga ixtisoslashgan qator saytlarga kirish imkoniyati tug‘ildi


20-avgust kuni soat 10:00 dan boshlab Toshkentda Uzonline foydalanuvchilari Tas-ix saytlariga kirolmadi. Bu haqda xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Tizimdagi uzilishlar haqida rasman hech qanday ma’lumot berilmadi. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi voqealarni yoritishga ixtisoslashgan qator axborot-tahliliy internet resurslardan (Uzmetronom.com, Ferghananews.com, Asiaterra.info) erkin foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Bu ikki holat bir-biriga bog‘liqmi-yo‘qmi, vaqt ko‘rsatadi”, — deya yozuv qoldirgan deputat.

Ma’lumot uchun, Uzonline oldinroq “2018-yilning 19-avgustidan 30-avgustiga qadar “O‘zbektelekom“ AK tarmog‘ida rejalashtirilgan profilaktika ishlari olib boriladi. Ushbu davrda tungi keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etish sifati pasayishi kuzatilishi mumkin”, deya ogohlantirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют