» » Tramp Genuyadagi fojiadan 6 kun o‘tib, Italiyaga yordam taklif qildi

Tramp Genuyadagi fojiadan 6 kun o‘tib, Italiyaga yordam taklif qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Italiya bosh vaziri Juzeppe Kontega Genuyadagi ko‘prik qulashi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yordam taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Italiyaning Genuyasidagi balandligi 45 metr bo‘lgan avtomobil ko‘prigi 14-avgust kuni, jala quyayotgan vaqtda qulagan edi. Hodisa vaqtida ko‘prikda 30 dan ortiq mashina bo‘lgan, uning oqibatida mashinalarda bo‘lgan va ko‘prik ostida bo‘lgan bir necha o‘nlab odamlar halok bo‘lgan. Ayni paytda qurbonlar soni 43 kishini tashkil qilmoqda.

Italiya hukumati mazkur fojia uchun javobgarlikni ko‘prik ta’miri va unga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullangan kompaniya zimmasiga yukladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют