» » O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya Senati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyadagi O‘zbekiston elchixonasida Fransiya Senati raisining diplomatik maslahatchisi Yuber de Kanson bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Parlamentarizm sohasida Fransiyaning boy tajribasini inobatga olib, ikki mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Qonunchilik palatasi huzurida yaqinda tarkibi yangilangan “O‘zbekiston—Fransiya” do‘stlik guruhi ish olib borayotgan bo‘lsa, fransuz Senati va Oliy Majlis Senati o‘rtasida parlamentlararo guruh hamkorlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston parlamenti bilan hamkorlikni samarali olib borish maqsadida Fransiya Respublikasi parlamenti palatalarida ham parlamentar hamkorlik guruhlari tashkil etilgan.

Uchrashuv yakunida ikki tomon ham hamkorlikni rivojlantirish va parlamentlararo munosabatlarni chuqurlashtirishga qiziqish bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют