» » Time jurnali o‘z muqovasiga suv ostida qolgan Oval xonadagi Trampni joylashtirdi

Time jurnali o‘z muqovasiga suv ostida qolgan Oval xonadagi Trampni joylashtirdi


Haftalik Time jurnali nashrga tayyorlanayotgan sonning muqovasiga qariyb shiftgacha suv ostida qolgan Oval xonadagi AQSh prezidenti Donald Trampni joylashtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Amerikalik rassom Tim O’barayan deyarli shiftigacha suv ostida qolgan Oval xonani tasvirlagan. Prezidentning stolidan qog‘ozlar va telefon oqib ketmoqda. Trampning yuzi tasvirda ko‘rinmagan — u boshini suv ustida tutib turgani aniq. Tasvirda prezidentning qora kostyum, oq ko‘ylak va qizil galstukdagi faqat tanasi ko‘rinadi. Surat markaziga “chuqurlikda” yozuvi joylashtirilgan, uni “qiyinchilikda” deb tarjima qilsa ham bo‘ladi.

“Avgustdagi voqealar Tramp uchun yangi va xavfli fazani belgilab berdi”, — deb yozadi jurnal. Bu Trampning sobiq advokati Maykl Kozning sud ishi bilan bog‘langan. Nashrning qayd etishicha, vaziyatni Tramp saylov shtabining sobiq rahbaro Pol Manafort bilan bog‘liq ish og‘irlashtiradi. U 18 ta ayblovning sakkiztasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Jurnalning mazkur soni 2018-yilning 3-sentabrida chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют