» » Samarqand xalqaro aeroportida yaroqsiz tibbiy uskunalar olib o‘tilishi oldi olindi

Samarqand xalqaro aeroportida yaroqsiz tibbiy uskunalar olib o‘tilishi oldi olindi


Samarqand xalqaro aeroportiga Domodedovo—Samarqand yo?nalishidagi 7985-raqamli aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Q.A. bojxona nazoratidan o‘tayotganida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 39 turdagi umumiy bahosi 10 million so‘mga yaqin tibbiyot uskunalarini yashirib o‘tayotganligi ma?lum bo?ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

Sog?liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” davlat unitar korxonasining xulosasiga ko‘ra daliliy ashyo sifatida olingan 39 turdagi tibbiyotda foydalaniladigan uskunalar fuqaro Q.A. tomonidan qonuniy litsenziyasiz (ruxsatnoma), sifatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi va ularni tashish, saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarni O?zbekistonga olib kirish, sotish, foydalanish va tibbiy amaliyotga qo?llashga ruxsat etilmaydi.

Aniqlangan holat yuzasidan bojxona xodimlari tomonidan ma?muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat bo?yicha sud ishida fuqaro Q.A.ni qilmishini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emasligi e?tirof etilib, uning muqaddam ma?muriy javobgarlikka tortilmaganligini inobatga olib tegishli qaror chiqardi. Fuqaro Q.A. ma?muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan tibbiyotda foydalaniladigan uskunalar tegishli tartibda yo‘q qilindi.

“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti katta inspektor-surishtiruvchisi Laziz Qahhorovning ma?lum qilishicha, joriy yil boshidan buyon “Samarqand aeroporti” chegara bojxona postida 10 218 dona umumiy qiymati 165 million 559 ming so?mlik tibbiy amaliyotda foydalanishga yaroqsiz deb topilgan tibbiyot buyumlari hamda dori vositalari olib kirilishi oldi olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют