» » “Vnukovo—Samarqand” aviareysidan qariyb 5 mln so‘mlik radioelektron vositalar ushlab qolindi

“Vnukovo—Samarqand” aviareysidan qariyb 5 mln so‘mlik radioelektron vositalar ushlab qolindi


Samarqand xalqaro aeroportiga “Vnukovo—Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.J. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazorati zonasidan o‘tish vaqtida undan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishida maxsus ruxsatnoma talab qilinadigan tovarlar bor yo‘qligi og‘zaki so‘raldi. Fuqaro bunday tovarlar yo‘qligini aytganidan so‘ng unga tegishli bo‘lgan bagaj sumkasi xolislar ishtirokida tekshirildi.

Sumka ichidan 5 million so‘mga yaqin simsiz keng polosali tarmoq, ya’ni: “MikroTik NetMetal5”, “MikroTik SXTsq Lite5”, “MikroTik SEXTANT G” nomli radioelektron vositalari borligi aniqlanib, bojxona xodimlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Samarqand viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-dekabrdagi 1531-son bilan qayd etilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastotali spektri va radioelektron vositalaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan daliliy ashyo sifatida olingan yuqoridagi radioelektron vositalarni tegishli ruxsatnomasiz O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish ruxsat etilmaydi.

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra fuqaro J.A.ga nisbatan ma’muriy jazo tayinlashda sud uning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligini, javobgarligini og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emasligini, shuningdek, huquqbuzarlik harakatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shaxsini, oilaviy sharoitini inobatga olib tegishli qaror chiqardi.

Fuqaro J.A. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227-22-moddasi (Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash) 1-qismi bilan shu Kodeksning 33-moddasi (Yengilroq ma’muriy jazo chorasining qo‘llanilishi) qo‘llanilib, eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi hamda aloqa axborot signali tarqatuvchi uskunalar esa davlat foydasiga musodara qilindi.

Ma’lumot uchun, bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalari va yuqori chastotali qurilmalarni olib o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 9-noyabrdagi 526-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalari va yuqori chastotali qurilmalarni keltirish to‘g‘risida” Tartibi asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют