» » Samarqandda bojxona postidan yashirin olib o‘tilayotgan dron to‘xtatib qolindi

Samarqandda bojxona postidan yashirin olib o‘tilayotgan dron to‘xtatib qolindi


14-iyul kuni “Samarqand aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Sankt-Peterburg—Samarqand” yo‘nalishida Samarqand shahriga uchib kelgan fuqaro N.S. “yashil” yo‘lakni tanlab bojxona nazoratidan o‘tayotganda, unga tegishli bo‘lgan bagaj va qo‘l yuklarida shubhali buyumlar borligi sababli bojxona nazoratidan o‘tkazilganda uning bagaj sumkasi ichidan oq rangli Xitoyda ishlab chiqarilgan SЕ1797 seriya raqamli Kvadrokopter SYMA X8SW Drone nomli 2 (ikki) dona uchuvchisiz uchish apparatini yashirin ravishda olib kirishga urinishini fosh qilindi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev  xabar berdi.

Viloyat bojxona boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra mazkur uchish apparatlarining texnik tasnifi o‘rganilganda samoda 70 metr balandlikka ko‘tarilib tasvirga olishi, Wi-Fi orqali smartfon telefonlarda tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish imkoniyati mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, faqatgina Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 150-son qarori bilan zarurat tug‘ilgan hollarda ayrim tashkilotlar mazkur qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishiga ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-07-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют