» » Samarqand aeroportidan zargarlik buyumlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan “uddaburonlar”ning siri fosh bo‘ldi

Samarqand aeroportidan zargarlik buyumlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan “uddaburonlar”ning siri fosh bo‘ldi


“Samarqand” xalqaro aeroporti orqali “Istanbul-Samarqand” yo‘nalishi bilan uchib kelgan yo‘lovchilarni kutib olishga chiqqan fuqaro H.H. qonunga xilof ravishda zargarlik tilla taqinchoqlarini olib kirmoqchi bo‘lganda bojxona xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro H.H. “Istanbul-Samarqand” yo‘nalishida uchib kelgan yo‘lovchilardan ushbu zargarlik buyumlarini yig‘ib olgan. Yig‘ib olingan buyumlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, jami 23 dona dastlabki qiymati 39 681 900 so‘mni tashkil etuvchi og‘irligi 172,53 gramm ayollar tilla taqinchoqlari ekanligi aniqlangan.

Surishtiruv jarayonida fuqaro H.H.ga ushbu zargarlik buyumlarini Turkiya davlatidan tanishi jo‘natib yuborganligi, ularni go‘yoki olib kirish normasi doirasida olib o‘tgan uch nafar yo‘lovchilardan moddiy manfatdorlik evaziga foydalanganligi aniqlandi.

Bojxona xodimlarini aldamoqchi bo‘lgan uddaburon shaxslarning qilmishlari fosh etilib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari shu kuni Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yana ikki nafar shaxslar tomonidan zargarlik buyumlarini qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasi xududiga olib kirish holatlari ham aniqlandi. Yuqoridagi holatlar yuzasidan jami 270,52 gramm tilla zargarlik buyumlari olib qo‘yildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan vazni 65 grammgacha bo‘lgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirishga ruxsat etilgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyati bojxonachilari tomonidan 1 kg.ga yaqin tilla buyumlari to‘xtatib qolingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-07-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют