» » “Yashil” yo‘lak orqali tilla taqinchoqlar olib kirishga uringan qoidabuzarlar fosh etildi

“Yashil” yo‘lak orqali tilla taqinchoqlar olib kirishga uringan qoidabuzarlar fosh etildi


Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqaro F.Yuldasheva ayollar sumkasidagi pardoz upasi qutilari va egnidagi kiyimi cho‘ntaklariga 263 gramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini yashirin ravishda olib kirayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 67 million so‘mdan oshadi.

Ayni shu reys bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro G‘.Tolibov ham belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan 72 gramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini qizil yo‘lak qolib, yashil yo‘lakdan olib o‘tayotgan paytda to‘xtatib qolingan.

“Istanbul—Toshkent” reysining yana bir yo‘lovchisi fuqaro M.Mavlyanova tomonidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan qiymati salkam 24,5 million so‘mni tashkil qiluvchi 119 gramm tilla taqinchoqlarning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yilgan.

Respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5 donagacha zargarlik buyumini olib kirishga ruxsat etiladi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют