» » Rossiya “DXR” va “LXR” pasportlarini tan oldi

Rossiya “DXR” va “LXR” pasportlarini tan oldi


Rossiya “Donetsk xalq respublikasi” (“DXR”) va “Lugansk xalq respubliksasi” (“LXR”) ma’muriyati tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni haqiqiy deb tan oldi. Meduza’ning xabariga ko‘ra, bu haqdagi tegishli farmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan.

Pasportlardan tashqari, “DXR” va “LXR”ning ta’lim olganlik haqidagi hujjatlari, tug‘ilganlik va o‘lim, nikoh qayd etilgani va nikoh bekor qilingani haqidagi guvohnomalari, shuningdek, davlat avtomobil raqamlari ham Rossiya tomonidan haqiqiy deb tan olingan.

Endi “DXR” va “LXR”da berilgan hujjatlar asosida Rossiya hududiga qonuniy kirish mumkin.

Putin tomonidan imzolangan farmonga ko‘ra, “DXR” va “LXR” pasportlari vaqtincha — Donbassdagi nizo hal etilguniga qadar tan olinib turadi.

Fevral oyi boshida “RBK” agentligi tomonidan Rossiya aviakompaniyalari va “Rossiya temir yo‘llari” Ukraina sharqida o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan bu ikki “respublika” pasportlarini amalda tan olayotgani haqidagi surishtiruv e’lon qilgan edi. “DXR” vakili Denis Pushilin bunday pasport bilan Rossiya chegarasini kesib o‘tish mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Ayni vaqtda, AQShning Bryan Cave LLP kompaniyasi yuristi Klif Byorns “DXR” va “LXR”ning yuridik jihatdan tan olish Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etish uchun asos bo‘lishini aytib o‘tgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют