» » Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston termasi noyabrda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston termasi noyabrda Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Janubiy Koreya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

O‘FA noyabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalnish maqsadida bir nechta kuchli terma jamoalar bilan muzokaralar olib borgan va Janubiy Koreya terma jamoasi bilan 20-noyabrda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib olgan. Mazkur bellashuv Avstraliyada bo‘lib o‘tadi.

Bunga sabab O‘zbekiston terma jamoasi noyabrda Osiyo Kubogi—2019 musobaqasiga tayyorgarlikni Avstraliyada olib boradi. Aynan shu tayyorgalik doirasida ushbu o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoa 6-sentabr kuni Suriya, 11-sentabr kuni Eron, 13-oktabr kuni Shimoliy Koreya va 16-oktabr kuni Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda o?rtoqlik o?yinlari o?tkazadi.

Eslatib o?tamiz, Osiyo Kubogi 2019-yilning yanvar oyida BAAda bo?lib o?tadi. O?zbekiston Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan “F” guruhida joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют