» » O‘zbekiston Madaniyat vazirligi lotereyalar tashkil qilish huquqiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi lotereyalar tashkil qilish huquqiga ega bo‘ldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Muzeylar renovatsiya dasturi eksperiment tarzida amalga oshiriladi. Renovatsiya dasturini hamda respublikaning madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini yaratish maqsadida Jamg‘armaga lotereyalar tashkil etish huquqi beriladi.

Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazishdan tushadigan daromadlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ixtiyorida qoladi.

Lotereya chiptalarini tarqatish va ular bo‘yicha yutuqlarni to‘lash Jamg‘arma bilan tuzilgan agentlik bitimlari asosida “O‘zbekiston pochtasi” AJ va aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, lotereya chiptalari reklamasi ijtimoiy reklama axboroti hisoblanadi.

Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘armaning xarajatlar smetasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, unda lotereya tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan, zarur tiraj uskunasini xarid qilish va lotereyalarni uyushtiruvchilarga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar nazarda tutiladi.

Lotereya tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologiyalar va asbob-uskunalarni belgilangan tartibda tuziladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirishda Jamg‘arma 2021-yil 1-sentabrgacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi (bundan bojxona rasmiylashtiruvchi uchun to‘lovlar mustasno).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют