» » Rossiyaning Tyumen viloyatida 3 kishi YTHda halok bo‘ldi

Rossiyaning Tyumen viloyatida 3 kishi YTHda halok bo‘ldi


Rossiyaning Tyumen viloyatiga olib boruvchi trassada Honda avtomobili mikroavtobusni quvib o‘tish chog‘ida unga urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Lada Kalina avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Lada’da bo‘lgan uch kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohat olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

YTH Kurgan — Tyumen yo‘lining 134-kilometrida yuz bergan. Lada Kalina’da bo‘lgan 18 yoshli qiz jarohat olgan. Honda’dagi to‘rt kishidan iborat oila, shu jumladan 13 va 16 yoshli o‘g‘il bolalar ham tan jarohati olgan.

Mikroavtobusdan hech kim jabrlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют