» » Farg‘onada iqtisodiy sudlar tomonidan 2018-yilning o‘tgan davrida 17 267 ta ish ko‘rib chiqildi

Farg‘onada iqtisodiy sudlar tomonidan 2018-yilning o‘tgan davrida 17 267 ta ish ko‘rib chiqildi


Farg‘ona viloyat iqtisodiy sudi va tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan 2018-yilning o‘tgan davrida 17 267 ta ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limida o‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyat iqtisodiy sudi raisi Tilovoldi Otaboyev ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Tilovoldi Otaboyevning ta’kidlashicha, avval mavjud bo‘lgan xo‘jalik sudlari o‘rnida iqtisodiy sudlar tashkil etildi va ularning faoliyat doirasi kengaytirildi. Mamlakat iqtisodiy salohiyatining o‘sishi va tadbirkorlik subyektlari soni ortib borishini hisobga olgan holda Farg‘ona viloyatida 5 ta tumanlararo iqtisodiy sudlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Farg‘ona viloyat iqtisodiy sudlari tomonidan 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida respublika budjetiga 5 milliard so‘mdan ziyod davlat bojlari undirildi. Respublika budjetiga ixtiyoriy to‘langan davlat bojlari 382 306 885 so‘mni tashkil etdi.

13159 ariza va da’vo arizalari, ya’ni barcha ishlarning qariyb 76 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Matbuot anjumanida sud tizimidagi yangilik va o‘zgarishlardan aholini o‘z vaqtida xabardor qilish, ularning huquqiy bilimlarini shakllantirishda ikki soha vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...