» » Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi rahbari o‘zgardi

Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi rahbari o‘zgardi


Shahnoza Zufarova Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi direktori etib tayinladi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ungamarkaz faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, yangi, innovatsion reproduktiv texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, hududiy vertikal tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, birlamchi tibbiyot yo‘nalishi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan ginekologik yordamni aholiga yanada yaqinlashtirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash singari muhim vazifalar yuklatildi.

Bundan tashqari, u aholi tibbiy madaniyatini oshirishva tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, zamonaviy hamda xalqaro talablarga javob beradigan eng ilg‘or diagnostika va davolash standartlarini amaliyotga joriy etib, xorijiy davlatlardagi tibbiyot muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarga ham mas’ul etib belgilandi.

Tibbiyot fanlari doktori Shahnoza Zufarova bugunga qadar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi dotsentilavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют