» » O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi


29-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qozog‘iston delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari G‘alimjan Qo‘yshibayev boshchilik qildi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar hamkorlik kabi dolzarb yo‘nalishlardagi aloqalar holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Delegatsiyalar ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini ham ko‘rib chiqdi va xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Maslahatlashuvlar davomida savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, mintaqalararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga tomonlar sodiqligi, shuningdek, transport-kommunikatsiyasi sohasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют