» » O‘zbekistonda eng yuqori ish haqiga ega bo‘lgan TOP 5 soha nomlari e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng yuqori ish haqiga ega bo‘lgan TOP 5 soha nomlari e’lon qilindi


Iyul oyida go‘zallik salonlari uchun ustalar faol qidirildi, eng yuqori ish haqi esa Namangan va Samarqandda taklif etiladi. Boshqa sohalarda o‘rtacha qancha ish haqi to‘lanadi va qaysi sohalarda o‘zbekistonliklar yaxshi pul topishi mumkin – bu savollarga OLX tahlilchilari javob beradi.

Ekspertlar “OLX Ish” sahifasida ish izlovchilar uchun takliflarni tahlil qilib, O‘zbekistonda kimlarning mehnati uchun eng ko‘p ish haqi to‘lanishini aniqladilar. Iyul oyi uchun eng yuqori ish haqi oladiganlar o‘rtasida TOP 5 ta sohaga ko‘chmas mulk agentlari, marketing, reklama va dizayn sohasi vakillari, shuningdek, quruvchilar kirdi. Reyting yuqorisini oylik ish haqi o‘rtacha 2,1 million so‘m deb baholangan riyeltorlar egalladi. Bu esa 2018-yilning birinchi yarmida Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi —1,6 million so‘mdan yuqoridir.

Eng yuqori ish haqi to‘lanadigan TOP 5 soha va o‘rtacha ish haqi:

Eng kam ish haqi - qo‘riqlash va xavfsizlik sohasi va uy-ro‘zg‘or xodimlari vakillariga tegishli ekanligi aniqlandi. Ushbu sohalarda ish haqi O‘zbekistonda o‘rtacha nafaqa miqdori bilan tenglashtiriladi.

“OLX Ish” sahifasi tahlilchilari shuningdek O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ham ma’lumotlarni o‘rganishdi. Eng yuqori ish haqi Namangan viloyatida bo‘lib, uning miqdori 1,5 million so‘mdan ortiqroqdir. Eng kam ish haqi Qoraqalpog‘istonda va Farg‘ona viloyatida bo‘lib, uning miqdori 975 ming so‘m atrofidadir.

O‘rtacha ish haqi bo‘yicha TOP 5 ta viloyat:

Agar alohida ish o‘rinlari bo‘yicha qarab chiqilsa, 2018-yilning iyul oyi bo‘yicha eng yuqori ish haqi bolalar bog‘chasi mudiri lavozimi va go‘zallik saloni masteriga taklif qilingan — oyiga 15 million so‘m. Ish haqi bo‘yicha yetakchilarning uchligiga fasadga ishlov beruvchi (fasadchi), eshik ishlab chiqarish ustasi va menejerlar kiradi — oyiga 10 million so‘m.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют