» » Qorako‘l tumanida mustaqillik tantanalari bo‘lib o‘tdi (foto)

Qorako‘l tumanida mustaqillik tantanalari bo‘lib o‘tdi (foto)


Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qorako‘l tumani hokimlik matbuot xizmatining ma’lumotlariga qaraganda, bu yil mustaqillik tantanalariga alohida tayyorgarlik ko‘rilgan. Bayram hokimlik maydonidagi musiqiy favvora jo‘rligida tashkil etildi.

Qorako‘l tumani hokimi Husniddin G‘oyirov barcha tuman aholisini Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami bilan tabriklab, amalga oshirilayotgan ishlarda zahmatkash va mehnatkash tuman aholisining  o‘rni beqiyosligini alohida ta’kidladi.

Mustaqillik bayrami tantanasida O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov, estradamiz yulduzlari Feruza Egamova hamda Dilshodbek Yunusovlar mehmon bo‘lishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют