» » Yaponiyalik olimlar delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi

Yaponiyalik olimlar delegatsiyasi Samarqandga tashrif buyurdi


O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya 30-avgust kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori va yana bir qator dunyoga mashhur olimlar Samarqand bilan tanishuvni Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.

Mehmonlarga buyuk jahongirning Sharqda qudratli davlatga asos solgani, adolatli, xalqparvar siyosat yuritgani, mintaqa ilm-fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, bunyodkorlik ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Registon maydonidagi mahobatli uch madrasa va ularning yaratilish tarixi, shu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham yaponiyalik olimlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Delegatsiya a’zolari Bibixonim masjidi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar bilan ham tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют