» » Shoxpaxta gaz koni bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya hamkorligi 5 yilga uzaytirildi

Shoxpaxta gaz koni bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya hamkorligi 5 yilga uzaytirildi


Joriy yilning 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Shoxpaxta konida gaz ishlab chiqarish litsenziyasini yana besh yilga uzaytirish bo‘yicha farmonni imzolandi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Gaz qazib olish bo‘yicha amaldagi litsenziyaning muddati 2019-yilning mart oyida tugaydi.

Litsenziya muddatini yana 5 yilga uzaytirish niyati shu yilning may oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro iqtisodiy forumi davomida “O‘zbekneftgaz” AJ va “Gazprom” DAJ o‘rtasida tegishli hujjatning imzolanishi orqali tasdiqlangan.

2018-yilning 20-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni masala yuzasidan tegishli qarorni imzolagan. 2002-yilning fevralida gazni qazib olish ishlari to‘xtatilgan.

2002-yilning 17-dekabrida “Gazprom” OAJ va “O‘zbekneftgaz” MXK gaz sohasida strategik hamkorlik bo‘yicha kelishuvni imzolashgan. Ushbu hujjatda ikki davlatning gaz sohasidagi munosobatlari aniq belgilangan.

Kelishuvda, shuningdek, Mahsulot taqsimoti bo‘yicha shartnomalar shartlariga muvofiq gaz qazib olish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

2004-yilning 14-aprel kuni Toshkentda Shoxpaxta konida qo‘shimcha qidirish ishlarini olib borish bo‘yicha Mahsulot taqsimoti kelishuvi imzolangan. Shoxpaxta bo‘yicha kelishuvning amal qilish muddati 15 yil etib belgilangan.

Operatorning asosiy vazifasi tadqiqotlar olib borish, shuningdek, tabiiy gazni qidirish, qazib olish va transportirovka qilish ishlarini amalga oshirishdir, shu jumladan, infratuzilma va transport obyektlarini qurish, gazni tozalash, uni saqlash, atrof-muhit muhofazasi va kelishuv doirasida belgilangan yana qator boshqa ishlarni bajarishdir.

2004-yilning avgust oyidan beri Shoxpaxta konida 4 milliard kub metrdan ortiq gaz qazib olingan. Konning qoldiq zahiralari esa loyihani muvaffaqiyatli davom ettirish imkoni borligini ko‘rsatgan.

2017-yilda gaz qazib olish hajmi 311,4 million kub metrni tashkil etgan. 2018-yiling boshidan 15-avgust kuniga qadar ushbu ko‘rsatkich 176,4 million kub metrga yetgan.

Avvalroq, “Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” Shoxpaxta konida gaz qazib olish bo‘yicha yangi kelishuv imzolagani haqida xabar bergan edik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют