» » Iqboljon Xoldorov yaponiyalik raqibini taslim etdi, o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi finalda!

Iqboljon Xoldorov yaponiyalik raqibini taslim etdi, o‘zbekistonlik 6 nafar bokschi finalda!


Bugun, 31-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Boks bo‘yicha -64 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov Osiyo o‘yinlarining yarim final jangida ishtirok etdi. Unga bu bosqichda mezbon yaponiyalik Daysuke Narimatsu raqiblik qildi. Hakamlar bir ovozdan Iqboljonning 5:0 hisobidagi g‘alabasini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval -49 kg, -52 kg, -56 kg, 60 kg va -69 kg vazn toifalaridagi Hasanboy Do‘stmatov, Jasurbek Latipov, Miraziz Mirzahalilov, Shunqor Abdurasulov hamda Bobusmon Boturov yarim final janglarini o‘tkazib, final yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

Shu tariqa 7 nafar bokschidan 6 nafari finalda, Isroil Madrimov esa birozdan so‘ng final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2018, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют