» » O‘zbekiston Qahramoni, navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni, navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi


Bugun, 1-sentabr kuni 86 yoshida O‘zbekiston Qahramoni, taniqli navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Olima uzoq davom etgan kasallik tufayli olamdan o‘tganligi aytilmoqda.

Suyima G‘aniyeva navoiyshunos olima, mehnatlari nafaqat O‘zbekiston balki Rossiya, Turkiya, Eron, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlarda taniqli bo‘lgan sharqshunos-olimadir.

Suyima G‘aniyeva 1992-yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, shu yilning o‘zida “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 2008-yilda olimaga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Mumtoz filologiya kafedrasi professori Suyima G‘aniyevaga 2015-yil 25-avgust kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan Oliy nishon - Oltin yulduz medali topshirilgan.

G‘aniyeva 500 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.

Xabar qilinishicha, Suyima G‘aniyeva bugun, 1-sentabr kuni “Chig‘atoy” qabristonida dafn etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2018, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют