» » O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi o‘z xizmatlarini taklif etadigan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi o‘z xizmatlarini taklif etadigan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi


O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi bino tashqarisida o‘z xizmatlarini taklif etadigan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

“Bosh konsullik binosi tashqarisida u yoki bu masalaning ko‘rib chiqilishi, bino ichiga navbatsiz kirish, turli ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish va hokazo masalalar bo‘yicha shubhali (aksariyat hollarda noqonuniy) takliflar bilan bog‘liq bo‘lgan notanish shaxslar xizmatidan foydalanishdan saqlanishingizni so‘raymiz”, deyiladi murojaatda.

Bosh konsullik o‘z binosi tashqarisida ko‘rsatilgan nusxa olish, blank to‘ldirish, suratga tushirish singari xizmatlar uchun javobgar emasligini bildirgan.

Muassasa xodimlari O‘zbekiston fuqarolarini faqat Bosh konsullik binosi ichida qabul qilib, o‘sha yerda ularga konsullik-huquqiy xizmatlari ko‘rsatishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют