» » Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov FQB direktor o‘rinbosari Devid Boudichni qabul qildi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov FQB direktor o‘rinbosari Devid Boudichni qabul qildi


Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori o‘rinbosari Devid Boudich boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

O‘zaro suhbat chog‘ida xalqaro terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa jinoyat turlariga qarshi kurashishda IIV hamda FQB o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida ikki idora o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish, ushbu yo‘nalishda barcha imkoniyatlarni ishga solish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘zaro axborot almashish, xodimlarni o‘qitish, seminar va treninglar o‘tkazishga oid qator masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi hamkorlikka doir vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют